Ilmiy nashrlar - Kutubxonada 6348 nusxada ilmiy nashrlar mavjud bo'lib, bular pedagogika sohasida taqdim etilgan nomzodlik va doktorlik dissertatsiya va avtoreferatlar hisoblanadi. 1962 yildan - 2010 - yilgacha himoya qilingan xalq pedagogikasi, tarbiya, maktabgacha ta'lim, boshlang'ich ta'lim, oliy ta'lim, ta'limda boshqaruv, milliy g'oya, o'zbek xalq og'zaki ijodi, adabiyotshunoslik, tilshunoslik va boshqa fanlar bo'yicha ilmiy dissertatsiyalar foydalanuvchilar uchun saqlab kelinmoqda. Jami - 693ta dissertatsiya , 5655 ta avtoreferat bo'lib, bulardan 244tasi o'zbek, 449ta rus tilidagi fan sohalari bo'yicha yozilgan avtoreferatlardir. Ushbu dissertatsiya va avtoreferatlar pedagogika sohasida ilmiy ish olib borayotgan tadqiqotchilar, Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtining professorlari, doktorantlari, o'qituvchilari va magistr talabalariga maxsus xat asosida foydalanish uchun shaxsini tasdiqlovchi xujjat bilan kutubxona o'quv zalida foydalanish uchun beriladi. Veb-saytimizda ilmiy ishlar avtoreferatlarining elektron nusxalarini yuklab olish imkoniyati yaratilgan.