Noyob kitoblar

Noyob kitoblar - Bu bo'limda XIX-asrda jahonning turli nashriyotlarida chop etilgan ta'lim-tarbiyaga doir 3500 ta adabiyotlar mavjud. Ulardan 400dan ortig'i o'zbek tilidagi nashrlardir. Ta'lim- tarbiya, tarix, adabiyot, falsafa va boshqa fan soxalariga oid o'qituvchilar uchun mo'ljallangan ilmiy-metodik qo'llanmalar o'rin olgan.Masalan : arab yozuvidagi 1925 - 1933 yillarda chop etilgan "Maorif va o'qituvchi" gazetsi o'qituvchilar uchun foydali ilmiy - nazariy va uslubiy manbaa bo'lib hisoblanadi. Shuningdek, Alisher Navoiyning 1937-1941 yillardagi eski o'zbek yozuvidagi "Xamsa" asari, 1898 yilda nashr qilingan "Oilaviy tarbiya qomusi", 1818 yilda nashr qilingan "Rukovodstvo uchitelya" qo'llanmalari hamda pedagogikaga oid gazeta va jurnallarning 1940-yildan to hozirgi davrgacha bo'lgan barcha sonlari saqlanadi. Masalan: "O'qituvchilar gazetasi", "Uchitel Uzbekistana", "Uchitelskaya gazeta"larining 1938 yildan bo'yon va hozirgi kunda "Ma'rifat" deb nomlangan gazetaning hozirgi kungacha nashr qilingan nusxalari saqlanadi. Bulardan tashqari "Maktab darsliklari" arxivida o'rta maktablarning 1-sinfi uchun mo'ljallangan Oqil Sharafuddinov va Q. Abdullaevalarning 1939 yildan - Mustaqillik yillarigacha bo'lgan "Alifbe" va "O'qish kitobi" darsliklari saqlab kelinadi.